4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing shafe'ligidagi birinchi jahon chempionati o'tkaziladi. Unda 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschi g'oliblik uchun ringga ko'tariladi. O'zbekiston boks federatsiyasi mazkur musobaqada qatnashadigan tarkibimizni e'lon qildi. Unga ko'ra, quyidagi bokschilarimiz dunyo birinchiligida ishtirok etishadi:

Erkaklar:
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo'ziev
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-70 kg: Shavkatjon Boltaev
-75 kg: Fazliddin Erkinboev
-80 kg: Javohir Ummataliev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-90 kg: To'rabek Xabibullaev
+90 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O'ktamova
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
+80 kg: Oltinoy Sotimboeva

Manba: olympic.uz