Jahon chempionati 1/8 finalining 16 ta ishtirokchisidan 13 tasi ma'lum bo'ldi

Jahon chempionati — 2026 da pley-off bosqichining dastlabki raund bahslari davom etmoqda. Bugungi holatga ko'ra (3 iyul), nufuzli turnirning 1/8 finaliga yo'l olgan 13 ta ishtirokchi nomi ma'lum bo'ldi.
Mundialning keyingi bosqichiga quyidagi terma jamoalar yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurishdi: Frantsiya, Marokash, Ispaniya, Belgiya, Norvegiya, Angliya, Paragvay, Portugaliya, Kanada, AQSh, Braziliya, Meksika va Shveytsariya.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikaning uchta davlati — AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tmoqda. Amaldagi chempion Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Lionel Skaloni shogirdlari JCh-2022 finalida penaltilar seriyasiga ko'ra frantsuzlarni mag'lub etishgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar