- Ixtiyor aka, uchrashuv haqidagi fikrlaringiz... 

- Uchrashuv yaxshi o'tdi. Biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalanmadik. “G'azalkent” jamoasi o'z imkoniyatlaridan foydalanib, g'alabaga erishdi, biz ularni tabriklaymiz.

- Yuriy Klachkov boshida yaxshi o'ynayotgandi, hozir nima uchun oldingidek ko'rinmayapti? 

- Yaqinda o'zi jarohatdan qutulib chiqdi va o'tgan o'yinda ham 45 minut vaqt berdik, bu o'yinda ham 45 minut berdik, asta-sekin yana asosiy tarkibga tushadi degan umiddamiz.

- Ikkinchi taymda ham jamoada bir qancha imkoniyatlar bo'ldi, ulardan foydalanishda nima bo'ldi, aynan nimada kamchiliklar bo'ldi deb o'ylaysiz?

 - Aynan o'sha imkoniyatlardan foydalanish, oxirida aniq pas berishda xato qildik va shuning evaziga yutqazdik deb o'ylayman.