Ivan Yurich — «Montsa» klubining yangi bosh murabbiyi

Ivan Yurich «Montsa» klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. 50 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda Paolo Byankoning o'rnini egalladi.
Keyingi mavsumda «Montsa» Italiya A Seriyasida ishtirok etadi. Jamoa V Seriyada o'tkazilgan bir mavsumdan so'ng yana yuqori divizionga qaytishga muvaffaq bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Yurich bundan avval «Atalanta» klubini boshqargan edi. U Bergamo jamoasi boshqaruvida 2025 yilning iyun oyidan noyabr oyiga qadar faoliyat yuritib, ushbu vaqt ichida atigi 15 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan (4 ta g'alaba, 8 ta durang va 3 ta mag'lubiyat).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar