Ivan Rakitich «el-klasiko» oldidan o'z kutilmalarini aytdi

"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich yakshanba kungi "klasiko"dan nima kutayotgani haqida gapirib berdi.
Ispaniyaning ikki grandi joriy mavsumda ilk bor to'qnash keladi. Mazkur bahs La Liga 10-turi doirasida "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.
"El-klasiko" - jahon futbolidagi eng muhim qarama-qarshilik, unda hamma ishtirok etishni xohlaydi. Hozirgi sharoitda ikkala jamoaga ham g'alaba kerak, shuning uchun o'yin juda shiddatli bo'ladi," - deya xorvatiyalik sobiq xavbekning javobini keltiradi The Touchline.
Ivan Rakitich 2014-2020 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. U shu yilning iyul oyida faoliyatini yakunlagan.
O'zaro o'yin oldidan "Real" "Barsa"dan 2 ochkoga oldinda bormoqda.