Italyanoga A Seriya va APLdan qiziqish bildirilmoqda

«Bolonya» bosh murabbiyi Vinchentso Italyano boshqa jamoalarning e'tiboriga tushdi.
Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, 48 yoshli mutaxassisga «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Neapol klubi bir necha yildan beri murabbiyning muvaffaqiyatlarini kuzatib keladi. Bundan tashqari, Italyanoga «Bornmut» va «Milan» kabi boshqa jamoalar ham qiziqish bildirmoqda. Uning «Bolonya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Vinchentso Italyano «Bolonya» boshqaruvini 2024 yilda qo'lga olgan edi. O'tgan mavsumda jamoa uning qo'l ostida Italiya Kubogida g'olib chiqdi. Joriy mavsumda esa «Bolonya» A Seriya turnir jadvalida 32 turdan so'ng 48 ochko jamg'arib, sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.