"Napoli" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq vingeri Lorentso Insine kelajakda Rossiyaga yo'l olishi mumkin.

Sport24 xabariga ko'ra, Lorenso Rossiya chempionatidan yaxshi taklif tushsa, bu variantni ko'rib chiqishga tayyor.

Hozir Lorentso 34 yoshda, u erkin agent hisoblanadi. Italiyalik futbolchining so'nggi klubi MLSning "Toronto" klubi bo'lib, u yozda klubni tark etgandi.