Italiyaning Ezolo shahrida sportning taekvondo ITF turi bo'yicha XXIII Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Bellashuvlarning dastlabki natijalariga ko'ra, Alina Galimulina oltin medalni, Sergey Nam kumush medalni, Evgeniy Kim bronza medalni qo'lga kiritishdi.