O'zbekiston U-17 terma jamoasini musobaqadan chiqarib yuborgan italiyalik hujumchi Tomas Kampanello bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Judayam xursandman, chunki ikkita golim jamoamizning chorak finalga yo'l olishiga yordam berdi. Ammo g'alaba faqat mening emas, balki butun jamoaning xizmati evaziga qo'lga kiritildi.

Barchamiz birgalikda kurashamiz. Tobora o'zimizga bo'lgan ishonchimiz ortib bormoqda", - deb fikr bildirdi hujumchi.