Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) Andrea Pirloni Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlashdan voz kechganidan so'ng, voqealar rivojining ehtimoliy stsenariylari ma'lum bo'ldi.

Avvalroq «Milan» va «Yuventus»ning sobiq futbolchisi, dastlabki kelishuvlar hamda FIGC texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardoning qo'llab-quvvatlashiga qaramay, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lmasligini ma'lum qilgan edi.

Jurnalist Janluka Di Martsio bergan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda keyingi harakatlarning ikkita ehtimoliy stsenariysi mavjud.

Birinchi va hozirgi vaziyatda eng kam ehtimolga ega bo'lgani — Maldini va Leonardoning yangi asosiy nomzodi Tiago Mottani murabbiylikka ilgari surish hisoblanadi.

Boshqa variant — FIGC prezidenti Jovanni Malago tomonidan ilgari surilayotgan Roberto Manchinining tayinlanishidir. Bu holatda Jordjo Kellini terma jamoaning texnik direktoriga aylanishi mumkin. Hammasi Maldinining iste'foga chiqish-chiqmasligiga bog'liq bo'ladi.

Murabbiy Antonio Konte bilan hech qanday aloqa bo'lmagan, deb ta'kidlaydi Di Martsio.

Manba: Stadion.uz