Italiya terma jamoasi uchun ideal murabbiy ismi aytildi

Jennaro Gattuzo iste'foga chiqqanidan so'ng, Italiya terma jamoasi yangi bosh murabbiy izlamoqda. Football-Italia nashrining xabar berishicha, «skuadra adzurra»ni «Milan»ning amaldagi ustozi Massimiliano Allegri boshqarishi mumkin.
Mutaxassis nomzodini Italiya futbol federatsiyasi prezidentligiga saylanishi kutilayotgan Jovanni Malago ilgari surmoqda. Funktsioner Allegrini mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun ideal nomzod deb hisoblaydi.
Eslatib o'tamiz, «skuadra adzurra» ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Hal qiluvchi saralash bahsida Italiya terma jamoasi Bosniya va Gertsegovinaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ydi.