Italiya terma jamoasi sobiq a'zosi: "Suares maydonda ajoyib, lekin men uni hurmat qilmayman"

Amerika Qo'shma Shtatlarida yashayotgan Juzeppe Rossi urugvaylik hujumchi Luis Suaresning shov-shuvli xatti-harakatlari haqida gapirdi. U navbatdagi qilig'i - raqibiga tupurgani uchun diskvalifikatsiyaga uchragandi.
"Men uni futbolchi sifatida juda yaxshi ko'raman, u - dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Lekin maydondan tashqarida uni hurmat qilmayman. Agar u shu ruhda davom etsa, odamlar u ilgari qilgan hamma narsani unutib yuboradi", - deya Rossi so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it .
Eslatib o'tamiz, Juzeppe Rossi 2023 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan, uning so'nggi klubi Italiyaning SPAL klubi edi. U Italiya terma jamoasi safida 30 ta o'yin o'tkazgan.