Italiya pasporti va kafolatlangan o'yin amaliyoti: Mastantuono A Seriyaga ko'chib o'tishga yaqin

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino keyingi mavsumda yarim himoyachi Franko Mastantuono xizmatiga ehtiyoj sezmayapti.
Madridliklar 19 yoshli futbolchining potentsialiga hamon ishonishgani sababli uni ijaraga berib yuborishni rejalashtirishmoqda.
Mastantuono uchun eng ehtimoliy variant «Fiorentina» bo'lib turibdi — florentsiyaliklar yarim himoyachiniy sotib olish huquqisiz ijaraga olishga va unga etarli o'yin amaliyoti kafolatlashga tayyor. Bundan tashqari, Mastantuono avvalroq Italiya fuqaroligini olgan va Evropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan o'yinchilar limitini egallamaydi.
Argentinalik futbolchiga shuningdek «River Pleyt», «Vilyarreal» va «Real»ning sobiq murabbiyi Alvaro Arbeloa boshqarayotgan «Fulxem» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda Mastantuono «Real» safida La Ligada 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va golli uzatma amalga oshirmadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar