"Liverpul" vingeri Federiko Keza optimal formada emasligi sabab terma jamoaga chaqirilmadi. Bunga Italiya milliy jamoasi ustozi Jennaro Gattuzo xabar berdi.

"Keza masalasi juda oddiy. Futbolchilarim bilan ko'p muloqot qilaman va vaziyatga oydinlik kiritmoqchiman. U o'zini 100 foiz tayyor his qilmayapti va bu tanaffusda formasini tiklamoqchi," - dedi Gattuzo.

Joriy mavsumda Keza barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.