Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio Italiyaning «Latsio» klubi short-listidan joy olgan. Bu ma'lumotni insayder Ekrem Konur oshkor qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, «Latsio» «Real» himoyachisi Raul Asensioni yaqin orada Qatarga yo'l olishi kutilayotgan Alessio Romanoliga potentsial o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Qayd etilishicha, «Latsio» Asensioning ehtimoliy transferi bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. Kelishuv summasi taxminan 20 million evroni tashkil qilishi mumkin, biroq hozircha futbolchining «Real»da qolish istagi tufayli bu transfer amalga oshishi biroz qiyin ko'rinmoqda.

Yakunlangan mavsumda 23 yoshli Asensio barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz