Paolo Maldini Italiya futbol federatsiyasining texnik direktori lavozimini tark etadi. Uning o'rnini Klaudio Raneri egallaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.

Maldini 11 iyuldan beri Italiya federatsiyasida texnik direktor bo'lib ishlab kelayotgan edi. Uning iste'foga chiqishiga milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyini tanlash bilan bog'liq janjal sabab bo'ldi. Maldini Andrea Pirlo nomzodini taklif qilgan, biroq «Yuventus»ning sobiq a'zosi Rossiya bukmekeri bilan shartnomasi tufayli Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Djovanni Malago tomonidan rad etilgan edi.

74 yoshli Raneri 2026 yilning aprel oyidan beri ishsiz edi. Italiyalik mutaxassisning oxirgi ish joyi «Roma»dagi maslahatchilik lavozimi bo'lgan. Bungacha u Rim klubi, shuningdek, «Kalyari», «Uotford», «Sampdoriya», «Lester», «Fulxem» va boshqa jamoalarda bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan

Manba: Stadion.uz