Italiya futbol federatsiyasi prezidenti iste'foga chiqdi

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina iste'foga chiqdi. Bu haqda federatsiyaning rasmiy sayti xabar berdi. Avvalroq Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi pley-off finalida Bosniya va Gertsegovinaga mag'lub bo'lgan edi (1:1, 1:4 pen.).
72 yoshli funktsioner iste'fo qarorini bugun Rim shahrida federatsiya bo'limlari rahbarlari bilan o'tkazilgan yig'ilishda e'lon qildi. U ushbu lavozimni 2025 yil fevral oyidan beri egallab kelayotgan edi. FIGC prezidenti lavozimi uchun navbatdan tashqari saylovlar 22 iyunga belgilangan.
Qayd etish joiz, Gravinaning qarori ortidan Janluidji Buffon ham Italiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari lavozimini tark etganini ma'lum qildi. «Skuadra adzurra» ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi.