Italiya Evro-2032 ni o'tkazish huquqidan mahrum etilishi mumkin

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferinning ta'kidlashicha, agar mamlakat rasmiylari sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish muammosini hal etmasa, Italiya 2032 yilgi Evropa chempionatini o'tkazish huquqidan mahrum bo'lishi mumkin.
— 2032 yilda Italiyada Evropa chempionati bo'lib o'tishi kerak, ammo u erdagi stadionlar bilan bog'liq vaziyatni «murakkab» so'zidan boshqacha ta'riflab bo'lmaydi...
— Italiyalik siyosiy etakchilar, ehtimol, nima uchun Italiyada Evropadagi eng yomon futbol infratuzilmalaridan biri ekanligi haqida o'zlariga savol berishlari kerakdir. Evro-2032 rejalashtirilgan va u albatta o'tkaziladi. Umid qilamanki, infratuzilma tayyor bo'ladi. Aks holda, turnir Italiyada bo'lib o'tmaydi, — deya Cheferinning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport nashri.