Italiya chempionatining 6-turida "Roma" safarda "Fiorentina"ni mag'lub etdi - 2:1.

Rim klubining gollariga 22-daqiqada hujumchi Matias Soule, 30-daqiqada yarim himoyachi Brayan Kristante mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli 14-daqiqada Moyze Kin hisobiga yozildi.

"Roma" ochkolarini 15 taga etkazib, A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Fiorentina" 3 ochko bilan 17-pog'onadan joy olgan.

Italiya A Seriyasi, 6-tur

05.10.2025, yakshanba, 18:00

Fiorentina - Roma - 1:2

Gollar: Kin, 14 (1:0). Soule, 22 (1:1). Kristante, 30 (1:2)

Fiorentina: de Xea, Mari (Komutstso, 75), Raneri, Pongrachich, Mandragora (Djeko, 75), Nikolussi Kavilya, Gozens, Dodo (Fortini, 81), Gudmundsson (Pikkoli, 46), Fatstsini (Ndur, 67), Kin

Roma: Svilar, Manchini, N`Dika, Zeki Chelik, Kristante, Kone, Tsimikas (Rench, 68), Uesli Vinisius (Tsiolkovski, 81), Soule (El-Aynaui, 81), Baldantsi (Pellegrini, 59), Dovbik (Dibala, 59)

Ogohlantirishlar: Gudmundsson, 43. Mari, 70 - Kristante, 3. Tsimikas, 65. Uesli Vinisius, 68

Manba: www.stadion.uz.