Italiya A Seriyasining 6-turida "Napoli" "Jenoa"ni qabul qildi va 2:1 hisobida irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

34-daqiqada mehmonlar Jeff Exatorning goli evaziga oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo'limda Andre Zambo-Angissa va Rasmus Xyoylund o'z gollari bilan mezbonlarga g'alaba keltirdi.

"Napoli" 15 ochko bilan peshqadam bo'lib oldi. "Jenoa" 2 ochko bilan 19-pog'onada.

Italiya A Seriyasi, 6-tur

05.10.2025, yakshanba, 21:00

Napoli - Jenoa - 2:1

Gollar: Exator, 34 (0:1). Zambo Angissa, 57 (1:1). Xyoylund, 75 (2:1)

Napoli: Milinkovich-Savich, Juan Jezus, Bekema, Olivera (Spinatstsola, 50), Di Lorentso, Lobotka (Gilmor, 44), Maktominay, Zambo Angissa, Neres (Guterres, 82), Politano (De Breyne, 50), Xyoylund (Lukka, 82)

Jenoa: Leali, Vaskes, Markandalli (Otoa, 46), Sabelli (Karboni, 76), Norton-Kaffi, Frendrup, Masini, Malinovskiy (Torsbi, 61), Vitinya (Kolombo, 76), Ellertsson, Exator (Ekuban, 61)

Ogohlantirishlar: Neres, 55 - Markandalli, 28. Malinovskiy, 38. Otoa, 63

Manba: www.stadion.uz.