"Milan" o'z maydonida A Seriya 17-turidan o'rin olgan "Verona"ni mag'lub etdi - 3:0.

Mezbonlar safida hujumchi Kristofer Nkunku (48 va 53-daqiqalar) dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir gol 45+1-daqiqada hujumchi Kristian Pulishich tomonidan kiritildi.

"Milan" ochkolarini 35taga etkazib, Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Verona" 12 ochko bilan 18-pog'onadan joy olgan.

Milan - Verona - 3:0

28 dekabr, 16:30. Juzeppe Meatstsa (Milan)

Gollar: Pulishich, 45 (1:0). Nkunku, 48 - penaltidan (2:0). Nkunku, 53 (3:0)

Milan: Menyan, Pavlovich, de Vinter, Tomori (Odogu, 86), Bartesagi, Rabo, Modrich (Yashari, 70), Loftus-Chik (Fofana, 71), Salemakers (Atekame, 76), Nkunku, Pulishich (Richchi, 76)

Verona: Montipo, Bella-Kotchap, Nelsson, Nunes, Bradarich (Valentini, 65), Berned, Al-Musrati (Arrui, 84), Nyass, Oyegoke (Serdar, 75), Moskera (Sarr, 46), Djovane (Orban, 46)

Ogohlantirishlar: Al-Musrati, 43

Manba: www.stadion.uz.