Jennaro Gattuzo Fabio Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasiga tayinlanishi haqida hazil qildi.

2006 yilgi "Oltin to'p" sovrindori 6 oktyabrda O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga tayinlandi va JCh-2026da jamoani boshqaradi.

"Men unga xat yozmadim, qo'ng'iroq qilib, gaplashdim. Unga: "Bu nima ko'rgilik? Sen atir sepib, sochingga gel surtib, allaqachon jahon chempionatiga ketyapsan. Men esa bu erda okopda o'tiribman," dedim," - deb aytdi Italiya terma jamoasining bosh murabbiyi.

11 oktyabr kuni italiyaliklar JCh-2026 saralashida Estoniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.