Farg'onaning "Neftichi" klubi uy o'yinlarini o'tkazadigan "Istiqlol" stadionida modernizatsiya ishlari davom etmoqda. Xususan, joriy mavsumda Elit Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaning uy arenasida zamonaviy projektorlar o'rnatildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida stadion maydonining o'rtacha yoritish darajasi 2080 lyuksga etkazildi. Bu esa xalqaro musobaqalar va OFK tomonidan qo'yiladigan yuqori standartlarga to'liq javob beradi hamda translyatsiyalar sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Manba: Stadion.uz