Uzbekistan Legionaries telegram-kanali Eronning "Istiqlol" klubi sharafini himoya qilayotgan 32 yoshli vingerimiz Jaloliddin Masharipovning holati bo'yicha ma'lumot berdi.

«Jaloliddin Masharipovning jarohati bo'yicha “Istiqlol” klubi shifokorlari bilan suhbatda ma'lum bo'lishicha, futbolchi operatsiya qildirmaguncha jarohati to'liq tuzalmaydi.

Hozirda u jamoa bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan bo'lsa-da, ilk to'qnashuvda jarohati yana kuchayib ketmoqda. Yagona to'liq davo usuli — operatsiya.

Jaloliddin Masharipov dastlab operatsiyaga rozi bo'lgan, ammo O'zbekiston terma jamoasi shifokorlari bilan maslahatlashgandan so'ng bu fikridan qaytgan edi!», - deyiladi xabarda.

Masharipov joriy mavsumda hali birorta o'yinda qatnashmagan.

Manba: Telegram.me/Uzbekistan_legionairs