Inchxon politsiya boshqarmasi Jahon chempionatidan so'ng Janubiy Koreya terma jamoasi vatanga qaytib kelganidan keyin xavfsizlikni ta'minlash maqsadida aeroportga 160 nafar xodim safarbar etilishini e'lon qildi.

Bunday qarorga terma jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqishini e'lon qilgan mutaxassis Xon Myon Boga o'lim bilan tahdid qilinayotgani sabab bo'lgan. Shuningdek, xavfsizlikni ta'minlashga maxsus qo'riqlash xizmatining 25 nafar xodimi ham jalb etiladi.

«Biz jamoa etib kelishi vaqtida yuz berishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun xodimlarni yuborishga qaror qildik. Har qanday qonunbuzarlik, jumladan, turli buyumlarni uloqtirish kabi harakatlarga nisbatan qat'iy chora ko'ramiz», — deyiladi politsiya bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi JCh-2026 musobaqasida Meksika, JAR va Chexiya terma jamoalari joy olgan guruhdan chiqa olmadi va uchinchi o'rinni egalladi.

Manba: Stadion.uz