"Istanbul Bashakshehir" Konferentsiyalar ligasiga chiqa olmadi!

Konferentsiyalar ligasi saralash pley-offi doirasida "Universitatya Krayova" - "Istanbul Bashakshehir" javob uchrashuvi yakunlandi. Bahsda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
O'yinda Devi Zelke 7-daqiqada istanbulliklarni hisobda oldinga olib chiqqan edi, biroq keyin mezbonlar 3 ta gol bilan javob qaytardi. Chikildeu (9), Balaram (27) va Nsimba gollarga mualliflik qilishdi.
O'yinda Eldor Shomurodov to'liq harakat qildi. Abbosbek Fayzullaev 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Manba: www.stadion.uz.