XOQ bayonotiga ko'ra, isroillik sportchilar xalqaro musobaqalardan chetlatilmaydigan bo'ldi. 

Avvalroq, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches G'azo sektorida davom etayotgan genotsid tufayli Isroilni xalqaro sport musobaqalaridan chetlashtirishga chaqirgan edi.

Shu bilan birga, Ispaniya Deputatlar Kongressi a'zosi Pasi Lopes, agar futbol bo'yicha Isroil terma jamoasi saralashdan o'tsa, Ispaniya 2026 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqishi mumkinligini aytgandi.