Isroil futboli xalqaro musobaqalardan chetlatiladimi? Assotsiatsiya FIFA va UEFA pozitsiyasiga oydinlik kiritdi

Isroil futbol assotsiatsiyasi Erondagi mojaro fonida mamlakatning xalqaro futbol musobaqalaridan chetlatilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
– Eron va Isroil o'rtasidagi harbiy mojaro fonida FIFA va UEFA tomonidan terma jamoa va klublarni xalqaro turnirlardan chiqarib yuborish bo'yicha murojaatlar bo'ldimi?
– Yo'q. Hammasi yaxshi bo'ladi. Biz bu borada xavotirda emasmiz, – deya ma'lum qildi tashkilot matbuot xizmati.