Ispaniya terma jamoasi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini uzaytirdi.

Luis de la Fuente jamoasi JCh-2026 saralashining 7-turida Gruziya terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.

So'nggi marta ispanlar penaltilar seriyasisiz 2024 yilning mart oyida o'rtoqlik o'yinida Kolumbiyaga 0:1 hisobida yutqazgan edi. O'shandan beri ular 23 ta o'yin o'tkazib, 18 ta g'alaba va 5 ta durang qayd etishdi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya iyun oyida Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga asosiy va qo'shib berilgan daqiqalardagi durangdan so'ng (2:2) penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edi.