Ispaniyalik yarim himoyachi «Real»ni tark etishga qaror qildi

Yarim himoyachi Dani Sebalos etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli Madridning «Real» klubini tark etmoqchi. Bu haqda insayder Rodra o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, tomonlar ayni paytda mehnat shartnomasini bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. Yarim himoyachining o'zi boshqa jamoaga o'tish yo'lida amaldagi shartnomasining so'nggi yili uchun to'lanishi kerak bo'lgan maoshidan voz kechishga tayyor. Sebalosning yangi ish joyi Sevilyaning «Betis» klubi bo'lishi kutilmoqda.
29 yoshli futbolchi 2017 yilning yozidan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Transfermarkt portali ekspertlari uning transfer bahosini 7 million evroga baholashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar