Ispaniyalik jurnalist Mbappe yanada ko'proq gol urishi mumkin bo'lganini ta'kidladi

Taniqli ispaniyalik jurnalist Kilian Mbappening joriy mavsumdagi natijalari bundan ham hayratlanarli bo'lishi mumkin edi, deb hisoblamoqda.
Seshanba kuni frantsiyalik hujumchi «Alaves»ga qarshi bahsda (2:1) gol urib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. 27 yoshli yulduzning joriy mavsumdagi ko'rsatkichi barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda 41 ta golga etdi. Shunday bo'lsa-da, ESPN jurnalisti Xaver Rodriges Paskual uning samaradorligi haqida tanqidiy fikr bildirdi.
«Mbappe 40 ta gol urdi, lekin aslida 80 ta urishi kerak edi. U juda ko'p vaziyatlar yaratadi, lekin shu bilan birga, ularning ko'pini ko'kka sovuradi», — dedi Paskual.
Hozirda Kilian Mbappe 24 ta gol bilan La Liga to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.