Ispaniyalik jurnalist: "Kunde o'tgan mavsumda qilgan barcha yaxshi ishlarini bu mavsumda ko'rsatib bera olmayapti"

Ispaniyalik jurnalistlar yakshanba kuni "Real Madrid"ga qarshi bahsda "Barselona"ning yomon o'yin ko'rsatishi sabablarini izlamoqdalar.
Xabi Alonso jamoasi sezilarli darajada ustunlik qilgan bo'lishiga qaramay, 2:1 hisobida g'alaba qozondi, darvozabon Voytsex Shesni tez-tez seyvlar amalga oshirdi.
"Jyul Kunde alohida e'tiborga loyiq. U o'tgan mavsumda qilgan barcha yaxshi ishlarini bu mavsumda ko'rsatib bera olmayapti.
Uning himoyadagi o'yini unchalik ishonchli emas va hujumda ham unchalik samarali emas. U ko'pincha o'yinlar paytida diqqatini yo'qotadi. Biz uning avvalgi darajasiga qaytishiga umid qilishimiz mumkin", - dedi jurnalist Xavi Xorxetti.