Ispaniyaga qarshi o'yin kuni Frantsiyada 70 000 politsiyachi tartibni saqlaydi

JCh-2026 yarim finali doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yin kuni Frantsiya ko'chalarida 70 mingdan ortiq politsiyachi xizmat olib boradi.
Bu haqda Frantsiya ichki ishlar vaziri Loran Nunes ma'lum qildi.
Frantsiya va Ispaniya o'rtasidagi jahon chempionati yarim finali 14 iyul, seshanba kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Shu kuni Frantsiyada Buyuk frantsuz inqilobining asosiy voqeasi hisoblangan Bastiliyaning ishg'ol qilinganligi kuni ham nishonlanadi.
BFMTV telekanali efirida chiqish qilgan Nunesning ta'kidlashicha, 14 iyul kuni kunduzi va kechqurun mamlakatda xavfsizlikni 70 000 politsiyachi va jandarmlar ta'minlaydi. Parijda taxminan 5000 nafar huquq-tartibot idoralari vakillari navbatchilik qiladi.
Frantsiya ichki ishlar vazirining so'zlariga ko'ra, Frantsiya va Marokash (2:0) o'rtasidagi chorak final o'yini davomida 89 kishi qo'lga olingan, biroq ayrim intsidentlarga qaramay, Nunes o'yin vaqtidagi vaziyatni «ancha yaxshi» deb baholadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar