Ispaniyada Rafinyaning "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etish ehtimoli baholandi

"Barselona" vingeri Rafinya Dias La Liga doirasidagi "Real"ga qarshi muhim o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi sentyabr oyi oxirida safdan chiqqan, shu sababli "ko'k-anorranglilar"ning uchta o'yini va oktyabr oyidagi terma jamoa yig'inini o'tkazib yuborgandi. RAC1 xabariga ko'ra, Rafinyada ba'zi asoratlar paydo bo'lgan. 28 yoshli futbolchi hamon bo'lajak "el-klasiko"ga qadar tiklanishga umid qilmoqda, ammo uning printsipial uchrashuvda ishtirok etish ehtimoli hozircha yuqori baholanmayapti.
"Barselona" safarda "Real"ga qarshi o'yinni 26 oktyabr kuni o'tkazadi. Unga qadar Xans-Diter Flik jamoasi "Jirona" (18.10) va Gretsiyaning "Olimpiakos" (21.10) jamoalari bilan kuch sinashadi.