Ispaniyada Mourinyo muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda "Real"ni kim boshqarishi aytildi

esRadio boshlovchisi Serxio Valentinning ma'lumotiga ko'ra, gap Dide Desham haqida bormoqda.
"Jurnalist Xorxe Pikonga tayangan holda yangilikni ma'lum qilaman. Florentino Peres o'zining eng yaqin atrofidagi insonlarga, agar vaziyat yaxshilanmasa, Joze Mourinyoning o'rnini kim egallashi mumkinligini allaqachon hal qilganini aytdi. Bu - Dide Desham", - deb yozdi Valentin X ijtimoiy tarmog'idagi o'z sahifasida.
Mourinyo 2026 yilning yozida ikkinchi bor "Real" bosh murabbiyiga aylandi. Hozirda Madrid klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormaqda va to'qqiz turdan so'ng peshqadam "Barselona"dan olti ochkoga ortda qolmoqda.
Kommentariyalar