«Barselona» klubi «Bavariya» hujumchisi Xarri Keynni sotib olishni rejalashtirmayapti.

Yaqinda Angliyadagi manbalar «ko'k-anorranglilar» 32 yoshli yulduzning vakillari bilan aloqaga chiqqani haqida xabar tarqatgan edi. Ispaniyaning Diario Sport gazetasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, tarqalgan mish-mishlarga qaramay, «Barselona» Keynni o'zining transfer maqsadi deb hisoblamaydi. Kataloniya klubi hujumchi borasida ma'lumot so'ragan, biroq futbolchining atrofidagilar uning «Bavariya»ni tark etish niyati yo'qligini aniq tushuntirishgan. Shu sababli La Liga grandining unga bo'lgan qiziqishi sovugan.

«Barselona»ning asosiy transfer maqsadi sifatida hanuzgacha Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares tilga olinmoqda. Uning transferi kataloniyaliklarga 150 million evroga tushishi mumkin.

Manba: Stadion.uz