Ispaniyada eng ko'p narxi oshgan futbolchilar ma'lum bo'ldi

Dushanba kuni Transfermarkt portali sahifalarida Ispaniya chempionati futbolchilarining yangilangan narxlari e'lon qilindi. Narxi eng ko'p ko'tarilgan futbolchi "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes bo'ldi. Uning qiymati 30 million evroga oshib, endilikda 100 million evroga baholanmoqda.
Ikkinchi o'rinni "Vilyarreal" va "Barselona" yarim himoyachilari — mos ravishda Pape Guye va Mark Bernal bo'lishib olishdi. Ularning har biri 20 million evroga qimmatlashdi. Endilikda Guye 40 million evroga, Bernal esa 30 million evroga baholanmoqda.
To'rtinchi pog'onada esa so'nggi paytlarda "Real"ning asosiy jamoasida to'p surayotgan Tyago Pitarch qayd etildi. Uning narxi 566 foizga — 3 milliondan 20 million evrogacha ko'tarildi.