«Barselona» yana La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi.

O'tgan turda etakchilikni boy bergan kataloniyaliklar «Real»ning «Osasuna»dan uchragan mag'lubiyatidan (1:2) unumli foydalanishdi. 25-turda Xansi Flik shogirdlari «Levante»ni mag'lub etdi (3:0) va hozirda ularning hisobida 61 ochko bor. Madridliklar esa bir ochkoga ortda qolmoqda.

Kuchli uchlikni «Vilyarreal» yakunlab turibdi — ularda 48 ochko bor va ular o'z o'yinini bugun oqshom kechroq o'tkazishadi. To'rtinchi o'rindagi «Atletiko» hisobida ham xuddi shuncha (48) ochko mavjud.


La Liga yuqori pog'onalari:

O'rin Jamoa Ochko
1 Barselona 61
2 Real Madrid 60
3 Vilyarreal 48*
4 Atletiko 48

* — zaxirasida o'yini bor.