Ispaniya yoki Marokash: "Real"ning umidli xavbeki Pitarch terma jamoa bo'yicha tanlov qildi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Tyago Pitarch Ispaniya terma jamoasida o'ynashga qaror qildi. Bu haqda «qizil furiya» bosh murabbiyi Luis de la Fuente ma'lum qildi.
«Pitarch Ispaniya uchun o'ynashni istaydi — bu ajoyib yangilik. U 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoada tajriba to'playdi, keyin esa vaqti kelganda asosiy jamoaga qo'shiladi. U bizning terma jamoani tanlaganidan juda xursandman», — deya Madrid Xtra de la Fuentening so'zlaridan iqtibos keltiradi.
Tyago Pitarch Ispaniyada tug'ilgan, biroq unda Marokash fuqaroligi ham bor. Yaqin-oradagina 18 yoshli futbolchi hali bir qarorga kelmaganini tan olgan edi. Istiqbolli yarim himoyachi «Real»ning asosiy tarkibida hozirgacha ettita o'yin o'tkazishga ulgurdi.