JCh-2026 finalida Luis de la Fuente shogirdlari sobiq chempion Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib, turnir g'olibligini qo'lga kiritdi. Ikki yil oldin esa ispanlar Evropa chempionatida zafar quchgan edi.

Shu tariqa, Ispaniya o'z tarixida ikkinchi marotaba Evro va JChni ketma-ket qo'lga kiritdi. Eslatib o'tamiz, 2008–2012 yillar oralig'ida ispanlar qatorasiga uchta yirik turnirda (ikkita Evro va bitta JCh) g'olib chiqqan edi.

Manba: Stadion.uz