Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Pedri va Merinoni qanday kashf qilganini so'zlab berdi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Pedri va Mikel Merinoga yordam bergan taktik qaror haqida gapirdi.
Seshanba kuni ispanlar JCh-2026 saralashida Bolgariya ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi (4:0). "Arsenal" yarim himoyachisi Merino dubl qayd etdi, u milliy jamoa safida so'nggi 4ta o'yinda 6ta gol urgan.
"Ilgari men Pedrini hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida, Merinoni esa uning ostida o'ynatardim. Yaxshiyamki, keyin ularni almashtirishga qaror qildim. Endi ular o'z iste'dodlarini yaxshiroq namoyon qilmoqdalar, butun jamoa kuchliroq ko'rinmoqda. Men to'g'ri tanlov qildim," - dedi de la Fuente matbuot anjumanida.