Ispaniya terma jamoasi murabbiyi: «Merinoning bizda borligi — katta omad»

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCh-2026 doirasidagi Belgiyaga qarshi o'yinda Mikel Merino tomonidan kiritilgan g'alaba golini izohladi.
Chorak final uchrashuvi ispaniyaliklar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi. Merino 86-daqiqada maydonga tushdi va deyarli darhol g'alaba golini urdi. Bu u ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urishi bo'ldi.
«Mikel betakror. Unda shunchalik ko'p sifatlar bor! U istalgan pozitsiyada o'ynay oladi. Uning bizda borligi — katta omad. Bizga qachon kerak bo'lsa, u doim tayyor», — dedi ispaniyalik murabbiy jurnalistlarga.
Jahon chempionati yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Frantsiya bilan bahs olib boradi. O'yin 14-iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar