Ispaniya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va jahon chempionatlari tarixida hech kimga nasib etmagan noyob natijani qayd etdi.

OptaJose statistik portalining X ijtimoiy tarmog'idagi ma'lumotiga ko'ra, Ispaniya tarkibida 18 yosh yoki undan kichik bo'lgan ikki nafar futbolchi jahon chempionati o'yinida gol urgan tarixdagi birinchi milliy terma jamoaga aylandi. Xususan, «qizil furiya» tarkibida 2022-yilda Kosta-Rika darvozasini Gavi (18 yosh, 110 kunlik) va Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'tgan uchrashuvda Lamin Yamal (18 yosh, 343 kunlik) gol muallifi bo'lishdi.

3-turda Ispaniya milliy terma jamoasi Urugvay bilan bahs olib boradi (27 iyun).

Manba: Stadion.uz