Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida penaltidan eng ko'p gol urgan jamoaga aylandi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal JCh–2026 yarim finalida Frantsiyaga qarshi uchrashuvda penaltini aniq amalga oshirdi. Bu «Qizil furiya»ning jahon chempionatlari tarixidagi 11 metrlik jarima zarbasidan urilgan 17-goli bo'ldi.
Shu tariqa Ispaniya ushbu ko'rsatkich bo'yicha barcha terma jamoalar orasida yakka peshqadamga aylandi. Bu haqda «Tsifroskop» Telegram-kanali ma'lum qildi.
Penaltidan eng ko'p gol urgan terma jamoalar reytingi quyidagicha:
-
Ispaniya — 17 ta gol;
-
Frantsiya — 16 ta gol;
-
Angliya — 14 ta gol;
-
–5. Argentina va Germaniya — 13 tadan gol.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar