Chattanugadagi Ispaniya terma jamoasi mashg'ulot bazasi qo'riqchilari «qizil furiya» hujumchisi Borxa Iglesiasni baza hududiga kiritishmadi.

Forvard sayr qilishga chiqib, o'zi bilan akkreditatsiyasini olishni unutib qo'ygan. El Chiringuito nashrining xabar berishicha, u qaytib kelganidan so'ng, qo'riqchilar uni ichkariga qo'yishdan bosh tortishgan.

Iglesiasning qo'riqchilarga o'zini terma jamoa futbolchisi ekanligini tushuntirishga urinishlari foyda bermagan. Muammo faqatgina jamoa administratori kelib, uning shaxsini tasdiqlaganidan keyingina hal bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, 1-turda ispaniyalik kutilmaganda Kabo-Verde bilan durang o'ynashgan edi (0:0). Luis de la Fuente jamoasining navbatdagi raqibi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo'ladi. 

Manba: Stadion.uz