Ispaniya terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 uchun mukofot pullardan qaysi shartda voz kechishlari ma'lum bo'ldi

Ispaniya terma jamoasi futbolchilari agar jamoa turnirning 1/4 final bosqichigacha etib bormay musobaqani tark etsa, 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki uchun beriladigan mukofot pullardan voz kechishadi. Bu haqda Actu Foot nashri mashhur L’Équipe onlayn-nashri ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ispanlar «Furiya Roxa»ning g'alabasi bilan yakunlangan Evro-2024 musobaqasida ham xuddi shunday pozitsiyani egallashgan edi. Ispaniya JCh-2026dagi yurishini «H» guruhidan boshladi, u erda jamoaga Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari raqiblik qilmoqda.
Ma'lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo'lib o'tmoqda. Turnir 11 iyun kuni start oldi va 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.