Ispaniya terma jamoasi 36 ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti

Ispaniya terma jamoasi mag'lubiyatsiz seriyasini 36 ta o'yinga etkazdi.
Luis de la Fuente shogirdlari 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Belgiyani mag'lub etishdi (2:1).
Ispaniya 2024 yil mart oyidan beri birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmagan (o'rtoqlik o'yinida Kolumbiyaga qarshi 0:1). Jamoa endi Argentinaning 2019-2022 yillardagi 36 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga tenglashdi. Ular Italiyaning 2018-2021 yillardagi 37 ta o'yinlik rekordidan bir o'yin orqada.
Ispaniya 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Frantsiya bilan to'qnash keladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar