Ispaniya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinlarini hisobga olmaganda barcha musobaqalarda so'nggi 30 ta rasmiy o'yinda mag'lubiyatga uchramagan.

Bugun Luis de la Fuente jamoasi JCh-2026 saralashida Gruziyani mag'lub etdi (4:0).

Umumiy hisobda ispanlar hisobida 25 g'alaba va 5 durang bor.

Bu Ispaniya terma jamoasining tarixdagi eng yaxshi seriyasi. Bungacha 2010 yil iyunidan 2013 yil iyunigacha 29 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriya rekord bo'lgan edi.