Ispaniya Superkubogi o'yinlari vaqti va sanasi tasdiqlandi

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi 2026 yil yanvar oyida bo'lib o'tadigan mamlakat Superkubogi o'yinlarining sanalari va boshlanish vaqtlarini tasdiqladi.
Uchrashuvlar Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkaziladi.
Barselona - Atletik Bilbao. 7 yanvar, 23:59 (TShV)
Real - Atletiko. 8 yanvar, 23:59 (TShV)
Final: 11 yanvar, 23:59 (TShV)
Turnirning amaldagi g'olibi "Barselona" hisoblanadi. Ular o'tgan mavsum finalda "Real"ni 5:2 hisobida tor-mor keltirishgan.