«PSJ» klubining gruziyalik yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Evropaning boshqa bir top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, madridning «Real» klubi vingerni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qirollik klubi» rahbariyat futbolchining transferi uchun 150 million evro mablag' ajratishga tayyor.

2025/2026 yilgi mavsumda Kvaratsxeliya Parij grandi safida 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Gruziyalik futbolchi ushbu o'yinlarda 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Xvichaning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari uning transfer bahosini 140 million evroga baholashmoqda.